23:06 / 27.03.2019
7 473

Davlat xavfsizlik xizmati raisi qanday kitoblar oʻqiydi?

Davlat xavfsizlik xizmati raisi qanday kitoblar oʻqiydi?
Mamlakatimizda “Book challenge” davom etayotgan bir vaqtda huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev telegramdagi kanalida qiziqarli loyiha eʼlon qildi. Unda Oʻzbekistonda rahbarlik lavozimlarini egallab turgan taniqli shaxslarning sevimli kitoblari haqida maʼlumotlar taqdim qilinmoqda.

Muallifning qayd etishicha, loyiha jamoatchilikda iliq kutib olindi va katta qiziqish uygʻotdi.

“Loyihaga imkon qadar turli yoʻnalishdagi tashkilot va muassasalar rahbarlarini jalb etishga harakat qilyapmiz. Umid qilamizki, yuqori martabali rahbarlarning bugun eʼlon qilinayotgan sevimli kitoblari roʻyxati ham mushtariylarga maʼqul keladi”, deb yozadi u.

“Rahbarlarning sevimli kitobi” loyihasining 1-qismi bilan ushbu havolada tanishingiz mumkin. Quyida uning 2-qismi taqdim etiladi:

Abdusalom Azizov – Davlat xavfsizlik xizmati raisi
- Amir Temur. “Temur tuzuklari”
- Marsel Brion. “Menkim, Sohibqiron – Jahongir Temur”
- Lev Tolstoy. “Urush va tinchlik”
- Shuningdek, A.Azizov Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” asarlarini ham albatta oʻqish kerakligini tavsiya qildi.

Qahramon Quranboyev – Yoshlar ittifoqi raisi
- Amir Temur. “Temur tuzuklari”
- Abdulla Qodiriy. “Oʻtkan kunlar”
- Muhammadjon Quronov. “Bolam baxtli boʻlsin desangiz”

Bahodir Qurbonov – Mudofaa vaziri
- Amir Temur. “Temur tuzuklari”
- Erix Mariya Remark. “Uch ogʻayni”
- Gabriel Garsiya Markes. “Yolgʻizlikning yuz yili”

Inomjon Madjidov – Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
- Etel Lilian Voynich. “Coʻna”
- Pirimqul Qodirov. “Uch ildiz”
- Jek London. “Martin Iden”

Shuhratbek Abdurahmonov – Andijon viloyati hokimi
- Li Kuan Yu. “Uchinchi dunyo mamlakatlaridan - birinchiga. Singapur tarixi (1965-2000)”
- Zahiriddin Muhammad Bobur. “Boburnoma”
- Amir Temur. “Temur tuzuklari”
- Shuningdek, Sh.Abdurahmonov Muhammad Yusuf sheʼriyatini ham sevib oʻqishini maʼlum qildi.

Gʻofurjon Mirzayev – Sirdaryo viloyati hokimi
- Hilda Hukhem. “Yetti iqlim sultoni”
- Den Syaopin. “Zamonaviy Xitoyning asosiy masalalari”
- Li Kuan Yu. “Uchinchi dunyo mamlakatlaridan - birinchiga. Singapur tarixi (1965-2000)”

Murodjon Azimov – Bojxona qoʻmitasi raisi
- Abdulla Oripov, Erkin Vohidov va Muhammad Yusuf sheʼriy toʻplamlari
- Abdulla Qodiriy. “Oʻtkan kunlar”
- Chingiz Aytmatov asarlari

Nabijon Qosimov – Oʻzbekistonning Germaniya Federativ respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi
- Ronda Bern. “Sir” (“Secret”)
- Deyl Karnegi. “Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida” (“How to Win Friends and Influence People”)
- Abdulla Qodiriy. “Oʻtkan kunlar”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat xavfsizlik xizmati raisi qanday kitoblar oʻqiydi?