00:05 / 28.03.2019
3 576

YTH sodir etgan YPX xodimiga nisbatan hukm oʻqildi

YTH sodir etgan YPX xodimiga nisbatan hukm oʻqildi
Kollaj: “Xabar.uz”
Oʻtgan yilning 28 apreli tongida Toshkentning qoq markazida ogʻir yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgandi. Alamlisi shundaki, fojia bilan yakun topgan bu hodisa Yoʻl patrul xizmati xodimi ishtirokida sodir boʻlganida edi.

Yaʼni, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi 1-batalyon 1-safarbarlik guruhi inspektori M.X. 2018 yilning 27 aprelidan 28 apreliga oʻtar kechasi Mirzo Ulugʻbek tumani, 3-sektor hududida xizmat vazifasini oʻtash lozim boʻlsa-da, batalyon rahbariyatini ogohlantirmay, oʻziga biriktirilgan xizmat avtouloviga ulangan “JPS”ni qasddan oʻchirib, oʻzboshimchalik bilan Yunusobod tuman hududiga oʻtadi. Oʻzga hududda esa boshqaruvidagi 01 543 VSS davlat raqami belgili “Lacetti”ni tezligini oshirgan holda, sherigi safdor F.O. bilan birgalikda nomaʼlum avtoulovni taʼqib qilishga tushadi. Biroq taʼqib oxiriga yetmaydi. Gap shundaki, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi va Bogʻishamol koʻchalari kesishgan chorrahaga yaqinlashganida oldidan “VAZ-2107” rusumli avtomashina chiqib qoladi va...

... “VAZ-2107” rusumli avtomashinadagi toʻrt yoʻlovchidan ikki nafari voqea joyida vafot etadi, qolganlari esa ogʻir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqiziladi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudi sudya Temur Yusupov raisligida YPX xodimiga oid ish koʻrib chiqilib, M.X. mayyan huquqdan mahrum etilgan holda uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Mazkur hodisada “VAZ-2107” avtomashinasi haydovchisi ham deb topilgan. Unga olti yil ozodlik mahum etish jazosi tayinlanishi barobarida jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararlar undirilishi ham belgilandi.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YTH sodir etgan YPX xodimiga nisbatan hukm oʻqildi