09:10 / 28.03.2019
2 722

Endi poytaxtda “toʻxtab turish” qoidasi buzilishi onlayn qayd etiladi

Endi poytaxtda “toʻxtab turish” qoidasi buzilishi onlayn qayd etiladi
Bugun, 27 mart kuni Toshkent shahar IIBB tomonidan oʻtkazilgan brifingda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Toshkent shahar IIBB boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Azizxon Umrxonovning maʼlum qilishicha, tirbandliklar va noqulayliklarning oldini olish maqsadida “Yoʻl harakati qoidalari”ning 3.27 yoʻl belgisi taʼsiri ostidagi hududda qoldirilgan mashinalar onlayn tartibda, harakatdagi avtopatrullar tomonidan qayd etilib, qoidabuzarlik avtomatik tartibda rasmiylashtiriladi va manzilga xat yuboriladi.

Hozirgi kunda IIBB va MIB oʻrtasidagi faoliyat muvofiqlashtirilishi yakuniga yetgan va vaqtida toʻlanmagan jarimalar avtomatik tarzda majburiy undiruvga oshiriladi.

“Toʻxtab turish” qoidasi buzilishi onlayn qayd etilishi sinov tariqasida yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, dastlab poytaxtning eng tigʻiz bozorlarida, masalan “Chorsu” bozori atrofida, shuningdek eng koʻp eʼtirozlarga sabab boʻlayotgan bekatlar hududlarida qoʻllaniladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi poytaxtda “toʻxtab turish” qoidasi buzilishi onlayn qayd etiladi