15:10 / 28.03.2019
4 023

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidentiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidentiga hamdardlik bildirdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qiziloʻrda viloyatida vertolyotning qulashi oqibatida insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayevga taʼziya bildirdi.

27 mart kuni Qozogʻiston Mudofaa vazirligi Mi-8 vertolyotining halokatga uchrashi oqibatida 13 nafar harbiy halok boʻlganini tasdiqladi.

Halokatga uchragan Mi-8 toʻrt jangovar vertolyot tarkibining bir qismi boʻlgan va Aqtaudan Chimkentga parvoz qilayotgandi. Parvoz “Altin jebe” maxsus boʻlinmalarining qorongʻulikda va ogʻir meteorologik sharoitda keng koʻlamli tekshiruv va mashqlar doirasida amalga oshirilayotgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidentiga hamdardlik bildirdi