16:40 / 28.03.2019
3 289

Qashqadaryoda MIBchilar maktablarga kitoblar sovgʻa qilish aksiyasini boshladi

Qashqadaryoda MIBchilar maktablarga kitoblar sovgʻa qilish aksiyasini boshladi
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 19 mart kuni oʻtkazilgan yigʻilishda mamlakatimiz yoshlarini keng tafakkurli, bilimli va barkamol qilib tarbiyalash, maʼnaviyatini yuksaltirish, aholi ayniqsa yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha dolzarb vazifalar belgilandi.

Prokuratura organlari xodimlarining mazkur vazifalarni amalga oshirishda munosib hissa qoʻshishini taʼminlash, taʼlim muassasalarida kitob fondini boyitishga koʻmaklashish maqsadida Byuro organlarining barcha xodimlari oʻzlari tahsil olgan maktablarga badiiy adabiyotlarni taqdim qilishmoqda.

Dastlab, Byuroning viloyat boshqarmasi tomonidan maktab oʻquvchilari oʻqishi tavsiya etiladigan kitoblar roʻyxati shakllantirildi va shu asosda ishlar tashkillashtirildi.

Bu xayrli ish 27-mart kuni Majburiy ijro byurosi Kitob, Nishon tumanlari va Shahrisabz shahar boʻlimlari tomonidan davom ettirilib, umumiy hisobda 1000 dan ortiq kitoblar maqtablarga taqdim qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda MIBchilar maktablarga kitoblar sovgʻa qilish aksiyasini boshladi