09:40 / 30.03.2019
3 622

Bozorlarda goʻsht va sut narxining barqarorligini taʼminlash choralari belgilandi

Bozorlarda goʻsht va sut narxining barqarorligini taʼminlash choralari belgilandi
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.

Qaror bilan qoʻmita va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalari tasdiqlandi.

Qoʻmita raisi Bosh vazir taqdimiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi. “Oʻzbekchorvanasl” agentligi bosh direktori lavozimiga koʻra qoʻmita raisining oʻrinbosari hisoblanadi.

Qoʻmita raisi bosh davlat veterinariya inspektori, uning oʻrinbosarlari bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlari, Davlat veterinariya nazorati boshqarmasi veterinar mutaxassislari davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Oʻznaslchilik” va “Oʻzzoovettaʼminotxizmat” davlat korxonalari “Oʻzbekchorvanasl” agentligi tarkibiga oʻtkazildi.

Qarorga muvofiq, chorva mollarini sugʻurtalash tartibi ishlab chiqiladi.
Samarqand veterinariya meditsina institutining Toshkent filiali tashkil etiladi.

Goʻsht va sut narxi barqarorligini taʼminlash maqsadida har bir tumanda kamida ikkitadan quyidagilar tashkil etiladi:
- qoramollarni boʻrdoqiga boqishga ixtisoslashgan korxonalar;
- sut yoʻnalishidagi korxonalar.

Qaror bilan 2019—2021 yillarda chorva mollari soni, goʻsht va sut ishlab chiqarishni oshirish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

Mazkur koʻrsatkichlarga muvofiq respublikada 2021 yilga kelib 13 ming 825 bosh chorva mollari, 3 million 646 ming 300 tonna goʻsht hamda 11 million 882 ming 500 tonna sut ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bozorlarda goʻsht va sut narxining barqarorligini taʼminlash choralari belgilandi