19:47 / 30.03.2019
3 539

Toshkentda aprel boshida Xalqaro oziq-ovqat sanoati koʻrgazmasi ochiladi

Toshkentda aprel boshida Xalqaro oziq-ovqat sanoati koʻrgazmasi ochiladi
3-5 aprel kunlari Qishloq xoʻjaligi vazirligining rasmiy hamkorligida oziq-ovqat sanoati va mahsulotlari “Oziq-ovqat sanoati” UzFood 2019 - Xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Koʻrgazmada dunyoning 26 mamlakatidan 200 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etadilar. Shuningdek, UzFood 2019 stendlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlari taqdim etiladi.

Koʻrgazmada quyidagi boʻlimlar taqdim etiladi: Oziq-ovqat va ichimliklar, Non mahsulotlari, Oziq-ovqat mahsulotlari, qoʻshimchalar va ziravorlar, Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash uskunalari, HoReCa va qadoqlash.

Koʻrgazma davomida Chakana savdo markazi tashkil etiladi va ishtirokchilar uchun Oʻzbekiston bozoriga mahsulotlarni olib kirish uchun chakana savdo tarmoqlari bilan muzokaralar oʻtkazish imkoniyatini mavjud boʻladi.

Manba: Sputnik

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda aprel boshida Xalqaro oziq-ovqat sanoati koʻrgazmasi ochiladi