23:20 / 31.03.2019
6 753

Buxoro viloyatida uchta tuman hokimi oʻzgardi (foto)

Buxoro viloyatida uchta tuman hokimi oʻzgardi (foto)
Buxoro viloyat hokimi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Buxoroda uchta tuman hokimi oʻzgardi.
Bugun, 31 mart kuni xalq deputatlari Vobkent, Romitan va Buxoro tumanlari kengashlarining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazilib, tashkiliy masalalar koʻrilgan.
Ularda viloyat hokimi Oʻktam Barnoyev ham ishtirok etgan.

2009 yildan beri Vobkent tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan Javodov Askar Nazarovich lavozimidan olinib, oʻrniga Peshkoʻ tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Bafoyev Bahodur Sanoyevich vaqtinchalik Vobkent tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bahodur Bafoyev. Foto: Buxoro viloyat hokimligi

Vaqtinchalik Romitan hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Halimov Baxriddin Shamsiyevich oʻrniga Romitan hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Tohirov Xurshid Yahyoyevich yangi hokim boʻldi.

Xurshid Tohirov. Foto: Buxoro viloyat hokimligi

Avvalroq, Buxoro tuman hokimi Esanov Muhiddin Turdiyevich boshqa lavozimga oʻtgani sababli lavozimidan ozod qilinib, oʻrniga Doʻstov Kaxramon Bozorovich Buxoro tumani hokimi etib tayinlandi.

Kaxramon Doʻstov. Foto: Buxoro viloyat hokimligi


Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoro viloyatida uchta tuman hokimi oʻzgardi (foto)