12:02 / 01.04.2019
3 627

Qozogʻistonda qullikka tushib qolgan oʻzbekistonlik fuqaro uyiga qaytarildi

Qozogʻistonda qullikka tushib qolgan oʻzbekistonlik fuqaro uyiga qaytarildi
Ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Qozogʻistonda qullikka tushib qolgan oʻzbekistonlik fuqaro haqida maʼlumotlar tarqalgan edi.

Oʻzbekistonning Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston fuqarosi Jasurbek Toshpoʻlatov 2019 yilning 25 mart kuni diplomatik vakolatxonaga murojaat qilib, hisobga qoʻyib berish bahonasida olib qoʻyilgan va qaytarib berilmagan oʻzining milliy pasportini qaytarib olishida yordam koʻrsatishni soʻragan.

Tashqi ishlar vazirligi axborotiga koʻra, 30 mart kuni unga Vatanga qaytish guvohnomasi berilgan. Shu bilan birga u pasportining qonunga xilof tarzda olib qoʻyilgani haqida ariza bersa, mazkur masala Qozogʻiston huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda koʻrib chiqiladi.

Shu va shunga oʻxshash boshqa holatlatdan kelib chiqqan holda TIV Konsullik-huquqiy departamenti xorijga chiquvchi vatandoshlarga hech bir holatda va har qanday vajga qaramay Oʻzbekiston fuqarosi pasportini begona shaxslarga bermaslik kerakligini eslatib oʻtgan.

TIV avvalroq, Xitoyda mahalliy yigitga turmushga chiqib, ogʻir ahvolda qolgan hamyurtimiz ortga qaytarilganini maʼlum qilgan edi.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozogʻistonda qullikka tushib qolgan oʻzbekistonlik fuqaro uyiga qaytarildi