09:30 / 02.04.2019
3 565

Yashnobod tumanida Epica avtomobili yonib ketdi

Yashnobod tumanida Epica avtomobili yonib ketdi
2019 yilning 1 aprel kuni soat 09:12da Toshkent shahar IIBB Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi Yongʻinni oʻchirish kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Yashnobod tumani Toshkent halqa aylana yoʻli koʻchasi 39-uyda joylashgan AYOQSH qarshisida turgan Epica rusumli avtomobil yonayotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish boʻlinmasi maʼlumotiga koʻra, xabar asosida 2 ta yongʻin oʻchirish ekipajlari jalb etilgan.

Boʻlinmalar soat 09:14da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 09:19da oʻchirilgan. Yongʻin oqibatida avtomobilning motor qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar yoʻq.

Yongʻin kelib chiqishining taxminiy sababi - avtomobilning motor qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yashnobod tumanida Epica avtomobili yonib ketdi