11:36 / 02.04.2019
3 824

Prokuratura va MIB kam taʼminlangan oilalarga amaliy yordam koʻrsatmoqda

Prokuratura va MIB kam taʼminlangan oilalarga amaliy yordam koʻrsatmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 08.01.2019 yildagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 4102-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Chilonzor tuman prokurori tomonidan tuzilgan ishchi guruhi yordamida, tumandagi kam taʼminlangan va yordamga muhtoj oilalar uyma-uy yurib oʻrganildi.

Oʻrganishda, tuman prokurori A.Kamilov hamda tuman Majburiy ijro byurosining boshligʻi I.Akbarovlar, mutasaddi idoralar bilan birga “Katta Qozirobod” mahallasida yashovchi M.Zagrebinaning 1 mln. soʻmdan ortiq qarzdorligi homiylar yordamida qoplanashiga amaliy yordam koʻrsatildi.

Shuningdek, “Al-Xorazmiy” mahallasida yashovchi A.Akromovaning elektr energiyasidan qarzdorligi uchun muqaddam tarmoqdan uzib qoʻyilgan xonadoni homiylarning yordami bilan 405 ming 460 soʻm toʻlanishi natijasida, tarmoqqa qayta ulab berildi.

Bundan tashqari, tumanda yashovchi:
- fuqaro T.Tashxodjayevaning tabiiy gazdan boʻlgan 1 mln. 100 ming soʻm;
- D.Axmedovaning elektr energiyasidan boʻlgan qarzdorligini qoplash uchun 1 mln soʻm, ichimlik suvidan boʻlgan 750 ming soʻm va maishiy chiqindi uchun 250 ming soʻm,
- A.Mehmonovning tabiiy gazdan boʻlgan 542 ming soʻm;
- B.Xusanovaning tabiiy gazdan boʻlgan qarzdorligi uchun 500 ming soʻm;
- F.Sayfutdinovaning tabiiy gazdan boʻlgan qarzdorlik uchun 700 ming soʻmlik qarzdorliklari homiylar yordamida qoplanishiga amaliy yordam koʻrsatildi.

Ushbu tadbirlardan maqsad – tumandagi aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy oʻzgarishlarga hissa qoʻshish hamda jonli muloqotni yoʻlga qoʻyishdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prokuratura va MIB kam taʼminlangan oilalarga amaliy yordam koʻrsatmoqda