16:16 / 02.04.2019
7 448

Surxondaryo viloyati hokimi ishdan olindi (foto)

Surxondaryo viloyati hokimi ishdan olindi (foto)
Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Poʻlatov lavozimidan ozod etildi.

Kun.uz nashri xabar berishicha, 1 aprel kuni Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Surxondaryo viloyatida yigʻilish oʻtkazgan. Yigʻilish davomida viloyat hokimi Xalqaro baxshichilik sanʼati festivaliga tayyorgarlik ishlari koʻngildagidek olib borilmagani uchun jiddiy tanqid qilingan va ishdan olingan.

Maʼlum qilinishicha, viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Toʻra Bobolov vaqtinchalikka hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Foto: Yoqutiston axborot agentligi
Bahodir Poʻlatov 2018 yilning yozida Samarqand viloyati hokimligiga oʻtkazilgan Erkinjon Turdimov oʻrniga Surxondaryo viloyatiga hokim etib tayinlangandi.

U muqaddam Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida prokuror boʻlib ishlagan.
Maʼlumot uchun, Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 5-10 aprel kunlari ilk bor xalqaro baxshichilik sanʼati festivali oʻtkaziladi.

Bundan avvalroq, I Xalqaro baxshichilik sanʼati festivaliga bagʻishlab boysunlik hunarmandlar tomonidan dunyoda eng katta soʻzana tikilgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryo viloyati hokimi ishdan olindi (foto)