14:10 / 03.04.2019
3 452

Prezident JIEMlaridan ozod qilingan ayrim shaxslarga doir yangi qonunni imzoladi

Prezident JIEMlaridan ozod qilingan ayrim shaxslarga doir yangi qonunni imzoladi
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (2019 yil, OʻRQ–532).

Qonunda belgilanishicha maʼmuriy nazorat bu sud tomonidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga qoʻllaniladigan cheklovlardan iborat tarbiyaviy taʼsir chorasidir.

Qonunga muvofiq, quyidagi voyaga yetgan shaxslarga sud tomonidan maʼmuriy nazorat oʻrnatiladi:
???? oʻta xavfli retsidivistlar;
???? ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar, shu jumladan boshqa davlatlarda ozodlikdan mahrum qilinganlar;
???? qasddan qilingan jinoyatlari uchun ikki yoki undan ortiq ozodlikdan mahrum qilinganlar.

Maʼmuriy nazorat davrida quyidagi cheklashlar belgilanishi mumkin:
???? yashash joyidan tashqarida boʻlishni taʼqiqlash;
???? muayyan joylarda boʻlishni taʼqiqlash;
???? sud belgilagan hududdan ichki ishlar organining ruxsatisiz chiqishni taʼqiqlash;
???? roʻyxatdan oʻtish uchun har oyda bir martadan toʻrt martagacha ichki ishlar organiga kelish;
???? alkogolli ichimliklarni taʼqiqlash.

Maʼmuriy nazorat olti oydan bir yilgacha muddatga oʻrnatiladi.

Quyidagi holatlarda maʼmuriy nazorat tugatiladi:
???? muddat tugaganda;
???? sudlanganlik tugallangan yoki olib tashlanganda;
???? nazorat ostidagi shaxs ozodlikdan mahrum etilganda;
???? shaxsga tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilganda;
???? shaxs boshqa davlatga doimiy yashash uchun chiqib ketganida;
???? shaxs vafot etganida.

Shuningdek, qonunda nazorat ostidagi shaxslarning, ichki ishlar organlarining huquq va majburiyatlari belgilab berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident JIEMlaridan ozod qilingan ayrim shaxslarga doir yangi qonunni imzoladi