10:13 / 04.04.2019
3 553

2-mutaxassislik uchun 15 ming dollar pul so‘ragan shaxs ushlandi

2-mutaxassislik uchun 15 ming dollar pul so‘ragan shaxs ushlandi
Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Yashnobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Unda «Agrokimyo stansiyasi Toshkent filiali» MChJ direktori vazifasini bajaruvchi M.B. fuqaro S.O‘.ni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali mazkur universitetning ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 15 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2-mutaxassislik uchun 15 ming dollar pul so‘ragan shaxs ushlandi