19:49 / 04.04.2019
3 646

«Malika» yaqinida YPX mashinasi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi (video)

«Malika» yaqinida YPX mashinasi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi (video)
Toshkent shahrining «Malika» savdo majmuasi oldidan o‘tuvchi kichik halqa yo‘lining Shayxontohur ko‘chasi bilan kesishmasi chorrahasida birvarakayiga uch yengil avtomashina ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Kun.uz nashri xabar qilishicha, mazkur hodisa 4 aprel kuni kunduzi soat 12:50 lar atrofida sodir bo‘lgan.

Ushbu hodisaning farqli jihatlaridan biri shundaki, Chevrolet Spark, BMW 3 series (e30) avtomashinalari o‘rtasiga Yo‘l patrul xizmatining Chevrolet Lacetti rusumli, ajratuvchi chiroq va belgilarga ega avtomobili tushib qolgan.

Mazkur yo‘l transport hodisasidan hech kim jiddiy jabrlanmagan. Faqat avtomashinalarga jiddiy shikast yetgan.
Shuningdek, chorrahada birmuncha tirbandlik yuzaga kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Malika» yaqinida YPX mashinasi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi (video)