O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 602–I-sonli Qonuniga quyidagi qo‘shimchalar kiritildi:
25-modda (Fermer xo‘jaliklarining birgalikdagi faoliyati) quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirildi:
“Fermer xo‘jaliklarining O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zoligi majburiydir”;
32-moddaning (Fermer xo‘jaligini tugatish asoslari) oltinchi xatboshisi “shuningdek O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zoligi tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari rayosatining qaroriga muvofiq tugatilishi munosabati bilan” degan so‘zlar bilan to‘ldirildi.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 604–I-sonli Qonuniga quyidagi qo‘shimchalar kiritildi:
22-modda (Dehqon xo‘jaliklarining birgalikdagi faoliyati) quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirildi:
“Dehqon xo‘jaliklarining O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zoligi majburiydir”;
25-modda (Dehqon xo‘jaliklarini davlat yo‘li bilan va boshqa tarzda qo‘llab-quvvatlash) quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirildi:
“Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, shu jumladan yerlarga ishlov berilishining holati, urug‘lar, ko‘chatlar va daraxtlarning ekilishi, issiqxonalar qurilishi, chorva va parrandaning ko‘paytirilishi yuzasidan uylarni aylanib chiqish orqali muntazam ravishda monitoring o‘tkazishga haqli”. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi