17:00 / 05.04.2019
3 574

Toshkentdagi "poygachilar" sababli 62 yoshli ayol vafot etdi (video)

Toshkentdagi "poygachilar" sababli 62 yoshli ayol vafot etdi (video)
Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi poyga sababli ayrim fuqarolar jarohat oldi, bir fuqaro bevaqt vafot etdi.
29 mart kuni tonggi soat 6:20da YTH sodir bo‘lgani va buning natijasida 62 yoshli piyoda halok bo‘lgani haqida Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, avtomashinada bo‘lganlar tungi klublardan birida ko‘ngilxo‘shlik qilishgan va kichik kelishmovchilik sabab ayrim yigitlar avtomashina bilan qochishga uringan, ularning ortidan ikkinchi avtomashinaning quvlab kelishi YTH sodir bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

"Samarqand darvoza" va "Alisher Navoiy" ko‘chalarining kesishmasi, ya’ni "Chorsu" bozori ro‘parasida avtomashina katta tezlikda kelib "Gazel" mashinasiga urilgan va YTH sodir etgan.
Mana shu to‘qnashuv natijasida ko‘chada bo‘lgan 62 yoshli ayol vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi "poygachilar" sababli 62 yoshli ayol vafot etdi (video)