06:00 / 06.04.2019
3 299

Toshkentda to‘y korteji haydovchilari jarimaga tortildi

Toshkentda to‘y korteji haydovchilari jarimaga tortildi
Foto: «Toshkent» telekanali
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida to‘y korteji haydovchilari ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda «Toshkent» telekanali dasturida xabar berildi.

Joriy yilning 2 aprel kuni Amir Temur va Osiyo ko‘chalari chorrahasi kesishmasida jami to‘rtta Range Rover rusumli avtomashinalar guruh-guruh bo‘lib harakatlanib kelayotgan vaqtda yo‘l-patrul inspektori tomonidan to‘xtatilgan. Boisi, ular yo‘l harakati qoidasini buzgan hamda orqa tomondagi transport vositalari haydovchilariga noqulayliklar tug‘dirgan. Ushbu qoidabuzar haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

«Ma’muriy javobgarlik kodeksining 129-moddasiga asosan har bir haydovchi eng kam ish haqining ikki barobaridan jarima to‘laydigan bo‘ldi. Shuningdek, ogohlantirish va profilaktik suhbat ham o‘tkazildi», — deydi yo‘l-patrul xizmati xodimi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda to‘y korteji haydovchilari jarimaga tortildi