15:56 / 07.04.2019
4 680

Shavkat Mirziyoyev Termizdagi Sulton Saodat maqbarasini ziyorat qildi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Termizdagi Sulton Saodat maqbarasini ziyorat qildi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Termiz shahri yaqinidagi Sulton Saodat maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Ushbu qadamjo X-XVII asrlarga mansub maqbaralar majmuasidir. Bu yerda payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning qizlari Fotima onamiz va Hazrat Alining beshinchi avlodi bo‘lgan Sayyid Hasan al-Amir mangu qo‘nim topgan. Shu bois u aslida Sulton Sodot, ya’ni “Sayyidlar sultoni” deya atalgan. Keyinchalik maqbara atrofiga uning avlodlari va boshqa sayyidlar dafn etilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Olimlar fikricha, Hasan al-Amir o‘z yaqinlari bilan taxminan 865 yilda Termizga kelib, yashab qolgan. Shu tariqa bu yerda obro‘li sayyidlar sulolasi shakllangan. O‘rta asrlardagi davlatlar, xususan, Amir Temur saltanati rivojida Termiz sayyidlarining alohida o‘rni bo‘lgan. Sohibqiron va temuriylar payg‘ambarimiz avlodlariga hurmat ko‘rsatishni sharaf deb bilib, bu yerda xonaqoh va maqbaralar qurdirgan. Keyingi dahmalar o‘z davrining uslubiga mos ravishda barpo etilgan. Shu jihatlari bilan majmua ulkan tarixiy, ma’naviy, madaniy ahamiyatga egadir.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatimiz rahbari ushbu qadamjo ulkan ma’naviy meros, musulmonlar uchun tabarruk maskan ekanini qayd etib, uning tarixini mukammal o‘rganish, xalqimizga va chet elliklarga yetkazish zarurligini ta’kidladi. Majmua hududini arxeologik o‘rganish asosida uni obodonlashtirish, Imom Buxoriy, Imom Termiziy maqbaralaridek katta va go‘zal ziyoratgohga aylantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Termizdagi Sulton Saodat maqbarasini ziyorat qildi (foto)