10:45 / 09.04.2019
2 758

Janubiy Koreya prezidenti shu oyda O‘zbekistonga keladi

Janubiy Koreya prezidenti shu oyda O‘zbekistonga keladi
Janubiy Koreya prezidenti Mun Je In 16-23 aprel kunlarida Markaziy Osiyo bo‘ylab turne uyushtiradi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Janubiy koreyaliklar prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 18-21 aprel kunlarini Mun Je In O‘zbekistonda o‘tkazadi. U shuningdek, 16-18 aprel kunlari Turkmanistonga, 21-23 aprel kunlari Qozog‘istonga tashrif buyurishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil noyabrida Janubiy Koreyaga safar uyushtirgandi.

Ushbu tashrif doirasida 75ta hujjat imzolangan, energetika va neftgazkimyo sohasida – 2,95 mlrd. dollarlik, bank-moliya sohasida – 2,7 mlrd. dollarlik, qurilish va infratuzilmani rivojlantirishda – 1,7 mlrd. dollarlik bitimlar tuzilgandi.

Shuningdek, davlat tashrifi mobaynida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning kengaytirilishiga qaratilgan bir nechta muhim kelishuvlarga erishilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Janubiy Koreya prezidenti shu oyda O‘zbekistonga keladi