08:00 / 10.04.2019
2 607

Toshkentda jamoat transportlarining yo‘llardagi harakat xavfsizligiga doir monitoring o‘tkazildi

Toshkentda jamoat transportlarining yo‘llardagi harakat xavfsizligiga doir monitoring o‘tkazildi
Toshkent shahrida jamoat transportlarining yo‘llardagi harakat xavfsizligiga doir monitoring o‘tkazildi, deya xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

So‘rov natijalariga ko‘ra, jamoat transportini boshqara turib, tezlikni me’yoridan oshiruvchi, telefonda suhbatlashishni odat qilgan yohud boshqa yo‘nalishdagi avtobuslar bilan "kimo‘zar"ga bellashuvchi haydovchilarni uchratganmiz. Harakatlanish xavfsizligiga zid bo‘lgan bunday holatlarni bartaraf etish maqsadida “Toshshahartransxizmat” AJning maxsus bo‘limlari tomonidan joylarda doimiy monitoringlar o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlar natijasida o‘tgan haftada 10 dan ziyod avtobus haydovchilari tomonidan belgilangan me’yorlarni chetlab o‘tish holatlari aniqlandi.

Monitoring natijasi hamda yo‘lovchilar murojaatlaridan kelib chiqib, 99 raqami ostida “Suvsoz” dahasi – "Farhod" bozori yo‘nalishida qatnovchi avtobus haydovchilari o‘rtasida yo‘llarda harakatlanish bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazildi. Unda haydovchilar transport boshqaruvi vaqtida amal qilishi lozim bo‘lgan qoidalar, harakatlanish xavfsizligiga oid qonunchilik talablari bilan yana bir bora tanishtirib o‘tildi.

Bekatlarda avtobuslarning erkin harakatlanishiga halaqit bergan bir necha xususiy transportlar ko‘pligi masalasi ham monitoring guruhining e’tiboridan chetda qolmadi. Ayniqsa, “Chorsu” bekatida bunday vaziyat ko‘p uchrashi qayd etildi va Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi aniqlangan shu kabi holatlardan xabardor etildi.

"Aziz hamshaharlar, siz ham yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash masalasida kamchilik va qoidabuzilishlariga guvoh bo‘lsangiz, 1062 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling", deyiladi manbada.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda jamoat transportlarining yo‘llardagi harakat xavfsizligiga doir monitoring o‘tkazildi