10:21 / 10.04.2019
3 005

«O‘zbekiston havo yo‘llari»ga Airbus’ning 102 million dollarlik samolyoti keltirildi

«O‘zbekiston havo yo‘llari»ga Airbus’ning 102 million dollarlik samolyoti keltirildi
Kecha, 9 aprel’ kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning Airbus A320neo (New Engine Option – yangi talqindagi dvigatelli) rusumdagi ikkinchi samolyoti keltirildi.

Mazkur layner o‘zining yoqilg‘i tejamkorligini ta’minlovchi “CFM International” kompaniyasining “LEAP-1A” dvigatellari va aerodinamik xususiyatlarini yanada yaxshilash imkonini beruvchi qanot konstruksiyasidagi zamonaviy ishlanmalari, shu bilan birga, simsiz internet tarmog‘iga ulanish uskunalari bilan jihozlanganligi bilan avvalgi havo laynerlardan farqlanadi. Shuningdek, u ikki klassli komponovkada ishlangan bo‘lib, 150 yo‘lovchini (biznesda - 12ta, ekonom klassda - 138ta) tashishga mo‘ljallangan.

Samolyot salonining zamonaviy dizayni parvoz davomida yo‘lovchilarga maksimal qulaylik yaratadi. Qulay va keng o‘rindiqlar, har bir yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan individual ko‘ngilochar dasturli monitorlar, samolyot sahnida havo sofligini saqlash hamda to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlovchi mukammallashtirilgan konditsioner tizimi yo‘lovchilariga parvozdan o‘zgacha zavq olishni ta’minlaydi.

Aviakompaniya to‘rtta Internet-ulanish paketini taqdim etadi: bular tezkor messenjerlarni ishlatish uchun mo‘ljallangan “Lite” (20 Mb), ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish yoki yangiliklar saytlariga kirish uchun “Medium” (50 Mb) , onlayn ish yoki internetga chiqish uchun qulay internet uchun “Stream” (120 Mb), mazkur xizmatning imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish uchun “Business” (220 Mb) tariflaridir.

Internet tarif rejasining eng kam narxi 5,95 AQSh dollari, eng yuqori narxi esa 52,95 dollarni tashkil etadi. Parvozdagi aloqa provayderi millia aviakompaniyaning yangi “Airbus —A320neo” va hozir foydalanilayotgan “Boeing —787-8 Dreamliner” samolyotlari bortida “Inflight Entertainmentand Connectivity” (IFEC)ning ko‘ngilochar dasturlari va aloqa tizimini o‘rnatgan “Panasonic Avionics Corporation” kompaniyasi hisoblanadi. Ushbu tizim yo‘lovchilarga ko‘plab filmlar, musiqa, video o‘yinlar, navigatsiya tizimi va boshqalarni o‘z ichiga olgan individual HD sensorli ekranlardan foydalanib, vaqtni maroqli o‘tkazish imkonini beradi. Shuningdek, ularda bir qator telekanallarni jonli efirda tomosha qilish imkoniyati mavjud.

Eslatib o‘tamiz, yangi avialaynerlar rivojlanish strategiyasi hamda MAK aviaparkini modernizatsiya qilish va yangilash dasturiga muvofiq harid qilingan. Joriy yilning 11 mart kuni qabul qilingan birinchi “Airbus — A320neo” samolyotidan xalqaro qatnovlarida samarali foydalanilmoqda. Yaqin kunlarda to‘rtinchi “Boeing —787-8 Dreamliner” havo kemasi qabul qilinishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zbekiston havo yo‘llari»ga Airbus’ning 102 million dollarlik samolyoti keltirildi