21:33 / 10.04.2019
7 416

"Karvon" bozori sobiq rahbarining antikvar mashinalari savdoga qo‘yildi (foto)

"Karvon" bozori sobiq rahbarining antikvar mashinalari savdoga qo‘yildi (foto)
Foto: O‘zA
«E-IJRO AUKSION» Elektron savdo maydonchasida narxi yarim milliard so‘mdan yuqori baholangan 3 ta avtomobil ochiq auksionga qo‘yildi. Auksion joriy yilning 19 aprel sanasida bo‘lib o‘tishi belgilangan, deb yozadi O‘zA.

Auksionga qo‘yilgan avtomobillar odatda shaxsiy kolleksiya uchun yig‘iladigan tarixiy (antikvar) ulovlar sirasiga kiradi. Ular 648 483 546 so‘mlik M-103 rusumli avtomobil va narxi 527 593 963 so‘m ko‘rsatilgan BMW 511 hamda 600 217 528 so‘m baholanayogan Triumph rusumli avtomobillar ochiq auksionda sotilishi kutilmoqda.

Foto: O‘zA
Mazkur avtomobillar xatlangan mol-mulk bo‘lib, ishonchli manbalar ularning haqiqiy egasi sobiq «O‘rikzor» dahasidagi ulgurji Karvon bozorining sobiq direktori Dmitriy Limga tegishli ekani aytilmoqda.

Foto: O‘zA
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Dmitriy Limga tegishli bo‘lgan Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi suv bo‘yida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ekti ham savdoga qo‘yilgani haqida ma’lumot berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Karvon" bozori sobiq rahbarining antikvar mashinalari savdoga qo‘yildi (foto)