15:33 / 11.04.2019
3 206

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga aloqador petitsiya eʼlon qilindi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga aloqador petitsiya eʼlon qilindi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish haqida petitsiya eʼlon qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan murojaatlarni koʻrib chiqish muddati kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida, qoʻshimcha oʻrganish yoki tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa, bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi belgilangan.

“Juda koʻp hollarda murojaatlarga javoblar, qanday tasnifda boʻlishidan qatʼiy nazar, “maksimal” - 15 yoki 30 kunga choʻzilib ketyapti. Masalan, Navoiy shahar hokimligiga arzonlashtirilgan uy olish uchun roʻyxatga olishlarini soʻrab yoʻllagan murojaatimga roppa-rosa 30 kunda javob xati oldim. Javob xati “arzonlashtirilgan uylarga roʻyxatga olish toʻxtatildi” degan qisqa mazmunda boʻlib, menimcha, bu murojaatga 30 kunda emas, 1 yoki 2 kun ichida javob xati yozish mumkin”, - deydi murojaat muallifi.

Shu sababli, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish muddatlarini ayrim murojaatlar uchun 3-5 kun qilib belgilash taklif etilgan.

“Masalan, jismonan 20 daqiqa vaqt ichida hal qilinadigan javoblar, kompyuter maʼlumotlar bazasidan olinadigan javoblar, vakolatga taalluqli boʻlmagan masalalarga bu haqida xabardor qilish uchun beriladigan javoblar va maʼlumotnomalar shular jumlasidandir”, - deyiladi petitsiyada.

Bildirilishicha, buning uchun “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish lozim boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga aloqador petitsiya eʼlon qilindi