20:00 / 12.04.2019
2 924

MIB Toshkent viloyatida xorijiy kompaniya foydasiga 334 million so‘m undirib berdi

MIB Toshkent viloyatida xorijiy kompaniya foydasiga 334 million so‘m undirib berdi
Toshkent shahar iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor “DONGSAN” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi “GST KOREA CO LTD” kompaniyasi foydasiga 62.427,28 AQSh dollari, 4.100.000 so‘m davlat boji va 7.200 so‘m pochta xarajati undirish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida tegishli idoralarga so‘rovnomalar yuborilgan va hisob raqamiga band solingan.

Qarzdor “DONGSAN” mas’uliyati cheklangan jamiyatining yuridik manziliga chiqilib, MChJ ga tegishli 1 dona tugallanmagan binosi xatlangan.

Natijada, qarzdordan joriy yilning 19 mart kuni 334.000.000 so‘m naqd pul mablag‘i undirilib, pul mablag‘i konvertatsiya qilindi va “GST KOREA CO LTD” kompaniyasi hisob raqamiga o‘tkazib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Toshkent viloyatida xorijiy kompaniya foydasiga 334 million so‘m undirib berdi