Bugun, 13 aprel kuni, Toshkent shahar IIBBda o‘tkazilgan brifingda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Azizxon Umarxonov YHXX xodimlari “Body camera” ishlatishni boshlash sanasi va ishlash tartibi bo‘yicha ma’lumotlar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Body camera” bo‘yicha barcha tender hujjatlari o‘tkazib bo‘lingan, yaqin kunlar ichida dastlabki foydalanish ishlari boshlanadi. Bu kameralar inspektor tomonidan uzluksiz ishlatilishi shart. Faqat zarur hollardagina 5 daqiqaga o‘chirilishi mumkin, bundan ortiq muddatga o‘chsa markazga xabar jo‘natiladi. “Body camera” ma’lumotlari bir oy davomida saqlanadi, zarur bo‘lganda, ya’ni bahsli vaziyatlar yuzaga kelganda so‘rovga ko‘ra ular bilan ham haydovchi, ham nazorat qiluvchi organlar tanishishlari mumkin.
Tezkor holatlarda IIBB mas’ul xodimlari bu kameralar ma’lumotlarini onlayn tarzda ham kuzatib turish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi