16:30 / 13.04.2019
3 981

“Xizmat itlari-2019” milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

“Xizmat itlari-2019” milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 dekabrdagi 1029-son qarori talablariga asosan, Davlat bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazida O‘zbekiston kinologiya federatsiyasi bilan hamkorlikda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hisobidagi turli zotdagi xizmat itlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi idoralararo “Xizmat itlari-2019” Milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi deb yozadi Darakchi.uz nashri.

Mazkur ko‘rgazmada, nemis ovcharkasi, Sharqiy Yevropa ovcharkasi, “malinua” va “labrador” zotiga mansub xizmat itlari ekstereri va zotdorlik darajasi bo‘yicha halqaro ekspertlar tomonidan xolisona baholandi.

Xususan, nemis ovcharkasi zotli xizmat itlari o‘rtasida DXX “Burgut” brigadasiga tegishi “Shumaxer” laqabli xizmat iti 1-o‘rinni, IIVga tegishli “Vayda” laqabli xizmat iti 2-o‘rinni;

Sharqiy Yevropa ovcharkasi zotli xizmat itlari o‘rtasida DBQ Milliy kinologiya markaziga tegishi “Tina” laqabli xizmat iti 1-o‘rinni (A.Isabayev), “Gera” laqabli xizmat iti 2-o‘rinni (I.Sayfitdinov);

malinua zotli xizmat itlari o‘rtasida DXX chegara qo‘shinlariga tegishi “Etush” laqabli xizmat iti 1-o‘rinni va “Gaya” laqabli xizmat iti 2-o‘rinni;

labrador zotli xizmat itlari o‘rtasida DBQ Milliy kinologiya markaziga tegishi “Jessi” laqabli xizmat iti 1-o‘rinni (Sh.G‘iyosov), IIVga tegishli “Rem” laqabli xizmat iti 2-o‘rinni egallashdi.

Shu bilan birga, turli zotdagi xizmat itlari o‘rtasida “eng yaxshi it” nominatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda, DXX “Burgut” brigadasiga tegishi “Shumaxer” laqabli xizmat iti 1-o‘rin, DBQ Milliy kinologiya markaziga tegishi “Tina” laqabli xizmat iti 2-o‘rin (A.Isabayev) va DBQ Milliy kinologiya markaziga tegishli “Jessi” laqabli xizmat iti (Sh.G‘iyosov) fahirli 3-o‘rin bilan taqdirlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Xizmat itlari-2019” milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi