10:20 / 16.04.2019
4 482

Qozoq internetida mashhur bo‘lib ketgan Yakkasaroy tumani hokimi bu haqda nima deydi?

Qozoq internetida mashhur bo‘lib ketgan Yakkasaroy tumani hokimi bu haqda nima deydi?
Foto: Tengrinews
Qozog‘istonlik turistlarga yaxshilik qilib, qozoq internetida mashhur bo‘lib ketgan Toshkentning Yakkasaroy tumani hokimi Baxtiyor Shomurodov Tengrinews nashriga intervyu berib, odamlar tiliga tushgan voqea haqida o‘zi gapirib berdi.

Uning aytishicha, turistlar bilan uchrashuv hokimlik binosi yaqinida bo‘lib o‘tgan. «Binodan ko‘chaga chiqib, hamkasblarim bilan gaplasha boshladim. Bizning hokimlik gavjum Bobur ko‘chasida, savdo markazi yonida joylashgan. Menga bir erkak va ikki ayol yaqinlashib, mendan milliy taomimiz palovni qayerda yeyish mumkinligini so‘rashdi. Ularga eng yaqinda joylashgan Yalpiz milliy taomlar restoranini maslahat berdim. So‘ng ular telefon uchun SIM-kartani qayerdan olish mumkinligi haqida so‘radi. Biz suhbatlashib turgunimizcha, hamkasblarim tezgina taksi to‘xtatib, qayerga borishni tushuntirdi va ular shahrimiz mehmonlari ekanligi haqida ogohlantirdi. SIM-karta bilan bog‘liq masalani ham yechib, ularni taksida jo‘natib yubordik, xolos. Hech qanday noodatiy va g‘ayritabiiy narsa yuz bergani yo‘q. Bu biz uchun oddiy holat», — dedi mansabdor.

Uning ta’kidlashicha, aholi bilan tez-tez uchrashuvlar shaharliklarga mansabdorni tanib olish va muammolar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkonini beradi. «Ijtimoiy zaif aholi uchun yangi uy ochilishi kabi tadbirlarga Toshkent shahar hokimi (Jahongir Ortiqxo‘jayev) va O‘zbekiston Prezidenti davlat maslahatchisi (Tursunxon Xudoybergenov)ning shaxsan o‘zi keladi. Imkoniyati cheklangan shaxslarga 48 ta xonadon hadya etildi. Bu ham oddiy holat. Biz tuman aholisi bilan ikki tomonlama muloqot uchun kamida ikkita sayyor qabul o‘tkazamiz. Ularning muammolarini, shikoyatlarini, istaklarini tinglaymiz. Shuningdek, hokimligimiz eshiklari har kuni shaharliklar bilan yuzma-yuz ko‘rishish uchun ochiq. Shu sababli meni ko‘pchilik shaxsan taniydi, va buning ham noodatiy tomoni yo‘q. Endi siz ham meni taniysiz», — deya aniqlik kiritdi 41 yoshli Baxtiyor Shomurodov.

Eslatib o‘tamiz, qozog‘istonlik jurnalist Danara Kurbanova Facebook’dagi sahifasida O‘zbekistonga qilgan sayohatidan olgan taassurotlar bilan bo‘lishgan va bir qiziqarli voqeani so‘zlab bergan edi.

Keyinchalik, ayblovlarga javoban, O‘zbekistonni maqtagani uchun unga pul to‘lashmasligi haqida post yozgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozoq internetida mashhur bo‘lib ketgan Yakkasaroy tumani hokimi bu haqda nima deydi?