Bugungi kunda Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasining kundalik qilayotgan ishlaridan biri - xalq tashvishlarini kamaytirish va nogiron, muhtoj oilalalarga yordam berish nazoratini kuchaytirishga qaratilgan. Joriy yilning 15 aprel kuni Ohangaron tumanida yangi tizim joriy etildi. Sektor rahbarlari tomonidan Prezidentimizning joriy yil 3 aprel kuni yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari bo‘yicha vazifalari ijrosini ta’minlash hamda aholining eng muhim muammolarini bartaraf etishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasining 4-sektor ishchi guruhi, tuman hokimi, prokurori, IIB va tuman Tibbiyot birlashmasi rahbarlari ishtirok etdilar. Aytish kerakki, murojaatlar asosan yer-kadastr, bankdan kredit olish, ishga kirish, turar joy, kommunal xizmat, sog‘liqni saqlash, bolalar nafaqasi, alimentni undirish kabi masalalardan iboratdir. Aholi bilan o‘tkazilgan samimiy muloqot jarayonida 62 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shundan 58 tasi joyida bartaraf etildi. Qolgan 4 ta murojaat tuman Tibbiyot birlashmasi, bank va bashqa mutasaddi tashkilotlarning mas’ul rahbarlariga yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.
Uchrashuvda Ohangaron tumanining “Ungut” MFYda istiqomat qiluvchi Nigora Sayfaliyeva, “Balxana” MFY Baxt ko‘chasi 75-xonadonda yashovchi Ravshanoy Boymurodova, ”Oqtepa”MFY “To‘ti” qishlog‘ida yashovchi Gulchehra Mavlonova kabi bir qator nogironligi mavjud bo‘lgan fuqarolarning og‘irini yengil qilish maqsadida aravachalar taqdim etildi.
Mazkur tumanning “Eyvalik” qo‘rg‘oni “Sharq” ko‘chasi 12-uyda yashovchi 2-guruh nogironi bo‘lgan fuqaro Nasiba Fayzullayevaga “Olti ariq” sanatoriyasiga va 2-guruh nogironi bo‘lgan yana bir fuqaro Alisher Usmonovga “Marjon” sanatoriyalariga davolanib, sog‘liqlarini tiklash uchun yo‘llanmalar berildi.
Shuningdek, aholining kitobga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish maqsadida 100 dan ortiq o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari tarqatilganligi tadbirning eng qiziqarli jarayoni bo‘ldi va yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu tadbirlarning tashkil etilishi, aholining yanada yaxshi yashashlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Toshkent viloyati DSB matbuot xizmati
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi