20:03 / 16.04.2019
4 777

Burak O‘zchivitning yangi tug‘ilgan o‘g‘liga Toshkentdan uy sovg‘a qilindi

Burak O‘zchivitning yangi tug‘ilgan o‘g‘liga Toshkentdan uy sovg‘a qilindi
Foto:«Puls24.mk»
«Sevgi iztirobi» seriali orqali tomoshabinlarga tanish turk aktyori Burak O‘zchivit o‘g‘illi bo‘ldi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq — Karan O‘zchivitga O‘zbekistonning «Bizning uylar» kompaniyasi Toshkentdan uy sovg‘a qilgan. Bu haqda turk matbuotiga asoslanib, «Xabar.uz» ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, Burak O‘zchivit o‘g‘li nomidan sovg‘ani mamnunlik bilan qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida aktyor Toshkentga tashrif buyurib, bir qancha loyihalarda qatnashgandi. U «Bizning uylar» kompaniyasining reklama hamkori sanaladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Burak O‘zchivitning yangi tug‘ilgan o‘g‘liga Toshkentdan uy sovg‘a qilindi