Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat solik qo‘mitasi to‘g‘risidagi, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi to‘g‘risidagi va O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq davlat soliq xizmati xodimlari mehnatiga Yagona tarif setkasi bo‘yicha haq to‘lash bo‘yicha razryadlar belgilandi.
Hujjatda qayd etilishicha, Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda qo‘mitaning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritadi.
Davlat soliq qo‘mitasi o‘n kun muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni hamda tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlashi belgilab qo‘yildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi