16:30 / 18.04.2019
4 085

Rashid Qodirov jinoyat ishi tafsilotlari oshkor etilmayotgani sababi ma’lum qilindi

Rashid Qodirov jinoyat ishi tafsilotlari oshkor etilmayotgani sababi ma’lum qilindi
Shu kunlarda Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudida O‘zbekiston sobiq Bosh prokurori Rashid Qodirov ustidan sud majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi sudyasi Baxtiyor Isomov shunday fikr bildirdi.

«Sobiq Bosh prokurorga nisbatan ochilgan jinoyat ishi doirasida 13 kishi ayblanib sudga berilgan. Ularga ham pora berish, pora olish, firibgarlik, aybsiz kishiga ham ayb yuklash kabi ayblovlar qo‘yilgan. Jinoyat ishi juda murakkab, ko‘p voqeali bo‘lgani uchun uni sudda ko‘rib chiqish muddati 4 oygacha uzaytirilgan. Shuning uchun ham ma’lumot berishga ulgurmadik. So‘roq qilinishi kerak bo‘lgan, o‘rganilishi kerak bo‘lgan shaxslar juda ham ko‘p. Sud tergovi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi va bu haqda OAVda ma’lum qilinadi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rashid Qodirov jinoyat ishi tafsilotlari oshkor etilmayotgani sababi ma’lum qilindi