14:50 / 19.04.2019
4 107

Toshkentda maktab o‘quvchisi pokistonlik o‘z maktabdoshini ayovsiz do‘pposladi

Toshkentda maktab o‘quvchisi pokistonlik o‘z maktabdoshini ayovsiz do‘pposladi
16 aprel kuni Toshkentdagi 91-sonli maktab o‘quvchisi A.Sh. (Pokiston fuqarosi)ni parallel sinfda o‘quvchi bola do‘pposladi, deb yozadi UzNews. Jabrlanuvchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Nashr tahririyatiga Pokiston fuqarosi uning o‘g‘li bilan sodir bo‘lgan hodisani yoritishni so‘rab murojaat qildi.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, 16 aprel kuni 91-sonli maktab yaqinida uning o‘g‘lini parallel sinf o‘quvchisi D. do‘pposlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, qo‘l jangi bilan shug‘ullanuvchi sportchi D. jabrlanuvchini bir zarbadayoq yiqitgan. U yerga yiqilib tushganidan keyin esa D. uni tanib bo‘lmas darajagacha do‘pposlagan.

Quyida jabrlanuvchining so‘zlarini keltiramiz:

«13 aprel kuni maktabda kelishmovchilik bo‘ldi. Yo‘lakda parallel sinf o‘quvchisi meni itarib yubordi. Men unga uzr so‘rashini aytdim, u esa menga o‘zbek tilida javob qaytardi, men hech narsani tushunmadim. Maktabdan keyin sinfdoshlarimiz bilan turganimizda, u va uning tanishlari yonimga kelib o‘zbek tilida bir nimalar gapirishdi. Shu paytda maktab direktori chiqib, uylarimizga ketishimizni aytdi.

16 aprel kuni maktabdan chiqqanimda D. meni do‘stlari va sinfdoshlari bilan kutib turgan edi. Bu vaqtda esa o‘qituvchimiz chiqib, tarqalishimizni aytdilar. Biz do‘stlarimiz bilan ketishni boshladik, D. esa orqamizdan yurib, nimalarnidir gapirib keldi. Keyin u meni to‘xtatib, gaplashib olish uchun chetga o‘tishga majbur qildi. Shundan so‘ng u yuzimga musht tushirdi va men yiqilib tushdim, boshqa hech narsani eslolmayman».

Jabrlanuvchi onasining so‘zlariga ko‘ra, maktab rahbariyati maktabga tez yordam chaqirishdan bosh tortgan. Bundan keyin esa jabrlanuvchining ota-onasi xususiy tez-tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilgan va tez yordam jabrlanuvchini Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borgan.

Ayni vaqtda jabrlanuvchi tibbiyot muassasasining reanimatsiya bo‘limida yotibti.

Mazkur holat bo‘yicha jabrlanuvchining ota-onasi Yakkasaroy tumani IIO FMBga murojaat qilgan. Tushuntirish xati olinib, sud-tibbiy ekspertizasi belgilangan. Hodisa sodir bo‘lganligiga 2 kun bo‘lganiga qaramasdan, ekspertiza hali ham o‘tkazilmagan. «Nima ular mening o‘g‘limga shifoxonadan javob berishlarini kutib o‘tiribdimi?» — deya savol berdi jabrlanuvchining onasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda maktab o‘quvchisi pokistonlik o‘z maktabdoshini ayovsiz do‘pposladi