19:59 / 20.04.2019
4 937

Muhammad Taqiy Usmoniy: «Arablar arabliklari bilan faxrlanishadi biroq...»

Muhammad Taqiy Usmoniy: «Arablar arabliklari bilan faxrlanishadi biroq...»
«Arablar arabliklari bilan faxrlanishadi, chunki Qur’oni Karim ularning tilida nozil qilindi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham shu tilda so‘zlashdilar, shu qavmdan edilar. Ular bu iftixorga haqlidirlar. Biroq, ular ana o‘sha martabalari bilan Movarounnahr ulamolari oldida bosh egadilar, ularning nomlarini eshitganda ta’zim bajo keltiradilar. Bu yurt ulamolari Islomga shunday katta xizmatlarni qilganlarki, ularning poylari arabu ajamning bo‘yni uzradir. Islom olamida biror ahli ilm, olim yo‘qki, ushbu yurt daholarining kitobini o‘qimagan bo‘lsa. «Sahihi Buxoriy» yoki «Sahihi Termiziy»ni o‘qimasdan olim bo‘lish mumkinmi? Abu Mansur Moturidiy, Abu Mu’in Nasafiyning asarlarini o‘qimay turib aqidani o‘rganish mumkinmi? Marg‘iloniyning kitobini o‘qimagan faqih bormi?

Bu o‘lka olimlari oldida butun Islom olami qarzdordir...

Yurtingiz juda og‘ir imtihonlarni boshdan kechirdi. Kommunist tuzum tarafidan olimlar qatag‘on qilindi, masjidu madrasalar vayron qilindi. Ammo muxlis olimlar sababli xalq dinini saqlab qoldi. Sizlar dinini asrash borasida butun olam ahliga eng go‘zal namunasiz. Bizlarda bunday holatlar bo‘lmagan. Biz ajdodlardan dinni juda emin erkinlikda, hatto tanamizga bitta tikon kirmasdan qabul qilib olganmiz. Ammo sizlarda olimlar berkinib, yer to‘lalarga yashirinib yurib dinni sizlarga yetkazib ketdi.

Bugun siz toliblarning zamonangiz unday og‘ir emas. Sizlar ulug‘ ajdodlaringiz yo‘lidan borib, ilmu taqvoda jiddu jahd qilinglar!»
Muhammad Taqiy Usmoniyning suhbatlaridan

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Muhammad Taqiy Usmoniy: «Arablar arabliklari bilan faxrlanishadi biroq...»