23:18 / 21.04.2019
4 016

Samarqanddagi ko‘rgazmada Amir Temurning archadan yasalgan tobuti namoyish etiladi

Samarqanddagi ko‘rgazmada Amir Temurning archadan yasalgan tobuti namoyish etiladi
Foto: O‘zA
Yaqinda Samarqand shahridagi O‘zbekiston madaniyati tarixi muzeyida o‘tkaziladigan «Amir Temur maqbarasining o‘rganilish tarixidan» deb nomlangan ko‘rgazmada Sohibqironning archadan yasalgan tobuti namoyish etiladi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.

Ushbu tobut 1941 yilda Amir Temur maqbarasida o‘tkazilgan qazishmalarda topilgan. Namlik tufayli ancha yemirilgan tobutni arxeologiya instituti ta’mirlovchisi, kimyo fanlari nomzodi Sharif Ilhomov 1975 yilda ta’mirlagan.

Mazkur eksponat hozirda Samarqand shahridagi O‘zbekiston madaniyati tarixi muzeyida saqlanmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqanddagi ko‘rgazmada Amir Temurning archadan yasalgan tobuti namoyish etiladi