07:30 / 22.04.2019
2 980

O‘zbekistonda 2,7 ming mansabdorga intizomiy choralar ko‘rildi

O‘zbekistonda 2,7 ming mansabdorga intizomiy choralar ko‘rildi
O‘zbekistonda 2,7 ming nafar mansabdor shaxs intizomiy, 1,5 ming nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi, deb xabar qildi O‘zA.

Adliya vazirligi hay’at majlisida 2019 yilning I choragida 6,5 mingdan ortiq tashkilotda huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rganilgani qayd etildi. Bu jarayonda 690 ming qonunbuzilish aniqlangan.

Ushbu holatlar bo‘yicha 5,5 mingdan ortiq taqdimnoma, sudlarga 15 milliard so‘mlik 3 ming 400 da’vo arizasi, 20 ming 590 ogohnoma kiritilgan.

Ta’sir choralari natijasida 7 milliard so‘mlik 2 ming 800 da’vo arizasi qanoatlantirilgan. 2,7 ming nafar mansabdor shaxs intizomiy, 1,5 ming nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 124 nafar shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.

Yig‘ilishda amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda ayrim adliya organlari va muassasalari tomonidan faoliyatida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ham tanqidiy tahlil qilinmoqda, deb yozadi nashr.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 2,7 ming mansabdorga intizomiy choralar ko‘rildi