21:30 / 22.04.2019
4 856

Bosh prokuratura Buxoroda portlagan Nexia haqida ma’lumot berdi

Bosh prokuratura Buxoroda portlagan Nexia haqida ma’lumot berdi
Foto: «Potrebitel Buxara plyus»
Bosh prokuratura Buxorodagi metan gaz quyish shoxobchasida portlab ketgan Nexia mashinasi yuzasidan ma’lumot berdi.

2019 yil 21 aprel kuni soat 22:20 larda Buxoro viloyati Vobkent tumani «Qipchoq» mahallasida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan B. A. o‘ziga tegishli bo‘lgan oq rangli Nexia rusumli 80 T 550 GA davlat belgili avtomashinasiga Qiziltepa tumani, «Bo‘lakrabot» mahallasi hududida joylashgan «Qiziltepa Zarafshon alangasi» MChJga tegishli metan gaz qo‘yish shoxobchasida metan gaz quyishi vaqtida, avtomashinaga o‘rnatilgan gaz balloni bosim natijasida to‘satdan chaqnashi natijasida 2 qismga bo‘linib ketgan.

Mazkur hodisa natijasida biror-bir shaxsga tan jarohati yetkazilmagan, avtomashina orqa yukxonasi ichi va kapoti, shuningdek «Qiziltepa Zarafshon alangasi» MChJga qarashli metan gaz qo‘yish shoxobchasi alohida bo‘linmasi tepa (shift) qismi biroz shikastlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi TB surishtiruvchisi S.Abdisalomov tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura Buxoroda portlagan Nexia haqida ma’lumot berdi