11:10 / 24.04.2019
3 212

Aholiga ijtimoiy yordam berish avtomatlashtiriladi

Aholiga ijtimoiy yordam berish avtomatlashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 13.04.2019 yildagi 308-qarori bilan idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni qo‘llagan holda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilindi. Bu haqda Norma yozmoqda.

Davlat tomonidan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasiga byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi uning egasi va foydalanuvchisi hisoblanadigan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi joriy etilmoqda. Uning yordamida aholiga yordam berish tartib-taomillari avtomatlashtiriladi va ijtimoiy xizmatlar olish uchun murojaat qiluvchilar va oluvchilar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

Bundan tashqari, tizim quyidagilarni nazarda tutadi:
• aholining ehtiyojmand qatlamlariga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamning barcha turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash va tahlil qilish;
• oilalarning ehtiyojmandligi darajasini va ariza beruvchilarning belgilangan mezonlarga muvofiqligini real vaqt rejimida baholash;
• manfaatdor tashkilotlarga Tizimdan zarur axborotni berish.

Tizimga tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari ma’lumotlar bazalariga onlayn-kirish taqdim etiladi. Shu yerning o‘zida idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik orqali ayirboshlanadigan ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

Ma’lumotlar bazalari mavjud bo‘lmagan davlat organlari ularni shu yil oxirigacha shakllantiradilar. Bu vaqtga qadar Tizim Idoralararo integratsiya platformasi orqali so‘rovga muvofiq ulardan axborot oladi.

Tizim bosqichma-bosqich 2019-2020 yillarda tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasiga asosan joriy etiladi.
Yangi Tizimni sinash Sirdaryo viloyatida boshlanadi.

Shu yilning 1 oktyabridan Sirdaryo viloyatining kam ta’minlangan oilalariga avtomatlashtirilgan tarzda ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash bo‘yicha pilot loyihasi ishga tushiriladi. Buning uchun 2019 yil 1 oktyabrdan amalga kiritiladigan vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. Bunda mazkur sanagacha tayinlangan ijtimoiy nafaqalarni to‘lash Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan amaldagi Nizomga asosan amalga oshiriladi. Pensiya jamg‘armasiga uni amalga oshirish davriga berilgan Mehnat vazirligi inspektorlari (12 sht. birligi) pilot loyihasining monitoringi bilan shug‘ullanadi.

Bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo‘yicha nafaqalar yoki moddiy yordam olish uchun viloyat aholisi quyidagi usullardan biri orqali ariza berishlari kerak:

• “Yagona reyestr” ATning rasmiy veb-saytida elektron arizani to‘ldirish (oila nafaqa olishni xohlaydigan oydan oldingi oyning 25-kunidan kechikmay);
• yashash joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga o‘zi kelib tasdiqlangan yozma arizani to‘ldirish (oldingi oyning 20-kunidan kechikmay).

Ariza shakliga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
• ariza beruvchi va uning oila a’zolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi manzili (propiska joyi bo‘yicha);
• oilaning 16 yoshdagi va undan katta yoshdagi a’zolarining pasporti seriyasi va raqami, 16 yoshgacha bolalarning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi raqami;
• oilaning boshqa daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Hujjat 15.04.2019 yildan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aholiga ijtimoiy yordam berish avtomatlashtiriladi