19:10 / 26.04.2019
4 574

Soliqchi- tadbirkorga ko‘makchi

Soliqchi- tadbirkorga ko‘makchi
Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Toshkent viloyati soliq boshqarmasi tomonidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, davlat ro‘yxatidan o‘tgan 32 252 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlardan 13 851 nafari tadbirkorlik maqomini yo‘qotgan, faoliyatini amalga oshirmayotgan yoki vaqtincha to‘xtatgan.

Bashqarma tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar natijasida joriy yil boshiga nisbatan faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 4 099 nafarga yoki 12,7 foizga qisqarishga erishildi.

Jumladan, Zangiota tumani davlat soliq inspeksiyasidan soliq to‘lovchi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkor Nurullo Tojiboyev “Tuzlamalar tayyorlab sotish va uy sharoitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash” faoliyati bilan shug‘ullangan bo‘lib, 2015 yilning 31 mart kuni faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordam natijasida joriy yilning 19 aprel sanasida o‘z faoliyatini qayta tiklagan.

Shuningdek, Qibray tumani davlat soliq inspeksiyasidan soliq to‘lovchi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan Nishanali Odilov, Oqqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasidan soliq to‘lovchi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan Sherzod Rahmatov, Yangiyo‘l shahar davlat soliq inspeksiyasidan soliq to‘lovchi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan Surayyo Kuchkarova kabi 4 758 nafar tadbirkorlarning faoliyatlari qaytadan tiklandi. Natijada byudjetga qo‘shimcha ravishda har oyda 951,6 mln so‘m qo‘shimcha qat’iy soliq summasi hisoblangan.

Shuningdek, noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan 3 664 nafar jismoniy shaxslarning faoliyatiga qonuniy tus berilib, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tishi ta’minlandi va qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yaratildi.
Toshkent viloyati DSB axborot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliqchi- tadbirkorga ko‘makchi