23:43 / 26.04.2019
4 887

O‘zbekiston, Turkiya va Pokiston bilan «Forish»dagi qo‘shma mashg‘ulotlar yakuniga yetdi (foto, video)

O‘zbekiston, Turkiya va Pokiston bilan «Forish»dagi qo‘shma mashg‘ulotlar yakuniga yetdi (foto, video)
Bugun, 26 aprel kuni Jizzax viloyatidagi “Forish” poligonida O‘zbekiston, Turkiya va Pokiston qo‘shinlari bo‘linmalari o‘rtasida “Hamdo‘stlik qalqoni–2019” maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlarining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Mashg‘ulotlarni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Shuhrat Ikramov, Turkiya hamda Pokistonning O‘zbekistondagi harbiy attashelari Mustafa Baloglu va Imron Orif, mas’ul ofitserlar va OAV vakillari bevosita kuzatib bordi.


Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Amaliy harakatlar davomida maxsus qo‘shma amaliyot kuchlari bo‘linmalari tomonidan tog‘li hududda shartli noqonuniy qurolli guruhni razvedka qilish, bloklash va yo‘q qilish, vertolyot aviatsiyasi yordamida yo‘q qilish bo‘yicha vazifalar bajarildi. Mashg‘ulotga Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga tegishli ikkita Mi-24 vertolyotlari ham jalb etildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Shuningdek, har uchala davlat harbiylari tomonidan ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni ta’minlashda qo‘l keladigan sodda va unumli mexanizm namunalari ko‘rsatib berildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Tog‘ tayyorgarligi ilmlarini taqozo etadigan sinovlar chog‘ida uch guruhda, uchta o‘quv joyida hamkorlikda shartli ravishda noqonuniy qurollangan kuchlarga qarshi harakatlar chizmasi, taktik harakatlarning ketma-ketligi, cho‘qqilarni zabt etish va qo‘qqisdan zarba berish, o‘zaro aloqa uchun signallar o‘rnatish kabi topshiriqlar bajarildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Maxsus taktik mashqlar natijalariga ko‘ra, Turkiya, Pokiston va O‘zbekiston qurolli kuchlarining maxsus qo‘shma amaliyot kuchlari bo‘linmalariga yuklangan vazifalar muvaffaqiyatli bajarildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Shundan so‘ng, “Forish” poligonida hamkorlikdagi mashg‘ulot ishtirokchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston, Turkiya va Pokiston bilan «Forish»dagi qo‘shma mashg‘ulotlar yakuniga yetdi (foto, video)