20:50 / 27.04.2019
3 556

Marhamat tumani prokurori yordamchisi yarim tunda piyodani urib yubordi

Marhamat tumani prokurori yordamchisi yarim tunda piyodani urib yubordi
25 aprel soat taxminan 23:00 da Marhamat tuman prokurorining katta yordamchisi B.P. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasini «Marhamat—Asaka» transport qatnov yo‘lining Marhamat tumani «Gar-gar» mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida Asaka yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotgan vaqtida, qatnov yo‘lining o‘rta qismida harakatlanib borayotgan piyoda B.B.ni avtomashinasining old qismi bilan urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada, fuqaro B.B. olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan o‘sha kunning o‘zida viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘lishiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Tergov jarayonida sud-tibbiyot, sud-trassologik va sud-avtotexnika ekspertizalari tayinlangan. Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhum B.B. hodisa sodir bo‘lishidan avval ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilganligi aniqlangan. Mazkur holat marhumning yaqin qarindoshlari, hodisa sodir bo‘lishidan biroz avval ko‘rishgan do‘stlarining ko‘rsatmalari bilan ham tasdiqlangan.

Shuningdek, tergov yo‘li bilan piyodaning qatnov yo‘lining o‘tish mumkin bo‘lmagan qismida avtomashinalar harakati yo‘nalishiga qarama-qarshi trayektoriyada harakatlanib kelganligi aniqlangan. Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan alohida nazorat o‘rnatilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Marhamat tumani prokurori yordamchisi yarim tunda piyodani urib yubordi