2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarida abituriyentlarning javoblar varaqasiga o‘zgarish kiritish rejalashtirilmoqda. Bu haqida huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Kiritilishi kutilayotgan o‘zgarishga binoan, endilikda test sinovlarida javoblar varaqasi har bir abituriyent uchun maxsus («imennoy») chiqariladi.
Bunda javoblar varaqasida abituriyentning ism-sharifi, test kuni, test topshiradigan hududi, binosi, guruhi va o‘tirish joyi hamda ID-kodi ko‘rsatiladi.
Avvalroq Davlat xizmatlari agentligi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarga hujjatlar qabuli bo‘yicha ma’lumot bergandi.
Unga ko‘ra, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali murojaat qilish imkoniga ega bo‘lib, ularning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatda turgan joyidan qat’i nazar, eksterritorial tamoyil asosida istalgan Davlat xizmatlari markaziga kecha-yu kunduz murojaat qilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi