18:34 / 29.04.2019
3 484

Sayyor qabul - fuqarolar muammolarini hal etishning maqbul yo‘li

Sayyor qabul - fuqarolar muammolarini hal etishning maqbul yo‘li
Joriy yilning 25 aprel kuni Toshkent viloyatining Ohangaron shahri hamda Angren tumanlarida Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, tuman hokimi va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlarning sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda Ohangaron shahar hokimi jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimi yangiliklari haqida gapirdi. Ta’kidlandiki, Prezidentimiz tashabbusi bilan xalqni eshitish, aholining talab va istaklarini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustivor yo‘nalishiga aylandi. Pirovaridida, aholini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolar o‘z yechimini topib, odamlarning hoxish istaklari ro‘yobga chiqmoqda.

Sayyor qabulda viloyat aholisidan kelib tushgan 100 mingdan ortiq ariza va shikoyatlar ko‘rib chiqildi. O‘rta hisobda ularning 3tasidan 2 tasi ijobiy hal etildi. Murojaatlarning asosiy qismi uy-joy, yer-maydonlari ajratish, sud-huquq, moddiy yordam ko‘rsatish va ish bilan ta’minlash kabi masalalarga daxldor edi. Sayyor qabulga kelgan fuqarolar dastlab, shahar hokimi va tegishli tashkilotlar ma’sul xodimlariga murojaat qildilar. Murojaatlarning shahar va tegishli tashkilot miqiyosida hal etilmagan holatlarni viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘z vakolati doirasida ko‘rib chiqdi.

Misol tariqasida og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi mavjud xotin-qizlar va kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan oilarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida ariza bilan murojaat qilgan aholi orasidan Ohangaron shahrida yashovchi Vasila Nurumbetovaning sharoiti to‘liq o‘rganib chiqildi. Bu jarayonda fuqaro Vasila Nurumbetova 2-guruh nogironi ekanligi aniqlandi. Ushbu shaxsni doimiy yashash joyi bilan ta’minlash maqsadida sektor rahbarlari o‘zlaridagi imkoniyatdan foydalanib, maslahatlashgan holda Vasila Nurumbetovaga Ohangaron shahar Yangilik MFY 50-a muyulish, 1-uy, 7-xonadondan, 2 xonali uy sovg‘a qilishni maqsadga muvofiq deb topishdi. Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari Vasila Nurumbetovaning xonadonida bo‘lib, yangi uy bilan tabrikladilar va farzandlarining ma’naviy saviyasini oshirish maqsadida badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

- Sevinchimni so‘z bilan ifodalab beraolmayman, -deydi Vasila Nurumbetova. Shu paytgacha bitta uyda 3 ta oila istiqomat qilib kelar edik. Yashash sharoitimiz ham ancha qiyin edi, bugun bizga berilgan zamonaviy xonadonda hamma qulayliklar borligini ko‘rib ko‘zlarimga yosh keldi. Mana shunday imkoniyatni taqdim etgan mutasaddilarga rahmat.

Shuningdek, Angren tumanida istiqomat qiluvchi 3 nafar uy-joyga ehtiyojmand fuqarolar yolg‘iz ona Malika Maxmudovaga Angren tumani Taraqqiyot MFY 2/2 daha, 20-uy, 22-xonadon, 2-guruh nogironi Saida Bekmatovaga Karvon MFY, 3/3 daha, 2-uy, 10-xonadon va 2-guruh nogironi Gulnoza Jumaboyevaga Ohangaron tumani 8-uy, 2-xonadonlaring kalitlari tantanali ravishda topshirildi.

- Men yolg‘iz onaman, -deydi Malika Maxmudova. Bugun men uchun hayotimda eng quvonchli kunlardan biri. Hali bu yangilikdan farzandlarim bexabar.Ularning quvonishlarini o‘ylab, hayajonlanib ketyapman. Uy-joyning qadrini faqat unga muhtoj bo‘lgan insongina biladi. Bizni o‘ylagan, g‘amimizni yegan mutasaddilarga ming rahmat. Ulardan umrbod minnatdorman.
Sayyor qabulda hech bir murojaat e’tiborsiz qolmadi. Fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar bayonnomaga kiritilib, bajarilish muddatlari belgilandi.
Toshkent viloyati DSB axborot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sayyor qabul - fuqarolar muammolarini hal etishning maqbul yo‘li