14:15 / 30.04.2019
4 148

Zangiotadagi koloniyada podpolkovnik o‘z xonasida osilgan holda topildi

Zangiotadagi koloniyada podpolkovnik o‘z xonasida osilgan holda topildi
Qator nashrlarda Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining Toshkent viloyati manzil koloniyasi Jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor vakili, podpolkovnik Asomxo‘ja Abrorov 26 apreldan 27 aprelga o‘tar kechasi o‘z kabinetida arqon bilan osilgan holatda topilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Kun.uz ning xabar qilishicha ushbu ma’lumotga oydinlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova bilan bog‘langan.

U hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga kadar tekshiruv olib borilayotganini ma’lum qildi.

«Hozirda Asomxo‘ja Abrorovning suitsid holati bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda. Natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi», - deya aytib o‘tdi Surayyo Rahmonova.

Xabarlarga ko‘ra, marhum podpolkovnik bundan bir oy oldin Toshkent viloyati Ohangaron shahri IIB boshlig‘ining 1- o‘rinbosari lavozimidan ozod qilinib, Zangiotadagi qamoqxonaga ishga o‘tkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zangiotadagi koloniyada podpolkovnik o‘z xonasida osilgan holda topildi