17:00 / 30.04.2019
4 401

100 yoshli Olmaliqlik urush faxriysiga traktor sovg‘a qilindi (foto)

100 yoshli Olmaliqlik urush faxriysiga traktor sovg‘a qilindi (foto)
Minsk traktor zavodi (MTZ) Toshkent viloyatining Olmaliq tumanida istiqomat qiluvchi 100 yoshli Ikkinchi jahon urushi faxriysi Abdurahim Mavlonovga traktor sovg‘a qildi, deb xabar berdi Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi.

Ushbu «Belarus 82.1» rusumli traktorning kalitini urush faxriysiga Belarusning O‘zbekistondagi elchisi Leonid Marinich topshirdi.
Urush faxriysi Abdurahim Mavlonov Belarusni ozod qilishda ishtirok etgani sababli, ushbu hodisaning 65 va 70 yilligi munosabati bilan yubiley medallari bilan taqdirlangan. U joriy yilda 9 may xotira sanasi munosabati bilan taqdirlanadi.

«Traktor Mavlonovlar oilasining dehqon (fermer) xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi ishlarida foydalaniladi», — deyiladi xabarda.

Tantanali marosimda Toshkent viloyati va Olmaliq tumani hokimliklari, O‘zbekiston prezidenti administratsiyasidan rahbarlar, Belarus elchixonasi hamda shahar jamoatchiligidan vakillar ishtirok etdi. Tadbirda jami 500 nafardan ziyod mehmonlar qatnashdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 100 yoshli Olmaliqlik urush faxriysiga traktor sovg‘a qilindi (foto)