19:20 / 30.04.2019
3 515

Oliy sud raisi: «Sudyalarning xonasida yurishga joy yo‘q, hammayoq eski ishlarga to‘lib ketgan»

Oliy sud raisi: «Sudyalarning xonasida yurishga joy yo‘q, hammayoq eski ishlarga to‘lib ketgan»
Foto: «supcourt.ru»
Bugun, 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida mamlakatimizdagi ommaviy axborot vositalari bosh muharrirlarining Oliy sud raisi Kozimjon Komilov bilan ochiq muloqoti tashkil etildi. Muloqotda OAVlarda sud ishlarining yoritilishi, jurnalistlarning aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilishi va boshqa masalalarda mulohazalar yuritildi.

Kozimjon Komilov Oliy sud faoliyati haqida ma’lumot berarkan, jinoiy ishlar bo‘yicha og‘riqli masalalarga ham to‘xtalib o‘tdi. Bu yo‘nalishda tubdan o‘zgarishlarga qo‘l urilganini alohida qayd etdi.

— Ming afsuslar bo‘lsinkim, eski jinoiy ishlarning aksarida na dalillar, na chuqur o‘rganish holatlari bor. O‘tib ketavergan ish. Yashirmayman, xohlasangiz ko‘rsatishim ham mumkin. Hozir sudyalarning xonalarida yurishga joy yo‘q, xonalar eski ishlarga to‘lib ketgan. Fuqarolardan ba’zi kunlarda 500tagacha ariza kelyapti. Eski ishlarning qayta ko‘rib chiqilishi natijasida 2017 yili 262 nafar, 2018 yilda 867 nafar shaxs oqlandi, — dedi Oliy sud raisi Kozimjon Komilov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy sud matbuot xizmati to‘rt yil ichida (2012-2016 yillarda) mamlakatimizda bor-yo‘g‘i 7 nafar shaxs oqlangani haqida xabar bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy sud raisi: «Sudyalarning xonasida yurishga joy yo‘q, hammayoq eski ishlarga to‘lib ketgan»