22:13 / 30.04.2019
3 455

O‘zbekiston TIV Tulada o‘zbekistonlik ayolning o‘ldirilishi yuzasidan izoh berdi

O‘zbekiston TIV Tulada o‘zbekistonlik ayolning o‘ldirilishi yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Tulada o‘zbekistonlik ayolning shafqatsizlarcha o‘ldirilishi yuzasidan izoh berdi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida (odam o‘ldirish) ko‘zda tutilgan jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Mazkur qotillikni amalga oshirganlikda gumonlanayotgan 34 yoshli erkak qo‘lga olingan.

«Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda elchixona Konsullik bo‘limi ushbu mudhish hodisani marhumaning jasadini Surxondaryo viloyatiga olib kelishda ko‘maklashish maqsadida nazoratda ushlab turganini ma’lum qiladi», - deyiladi TIV matbuot xizmati tomonidan.

Avvalroq 29 aprel kuni Tula oblastining Uzlovaya shahridagi «Pyaterochka» supermarketida rossiyalik 34 yoshli Andrey.K 33 yoshli Umida ismli kassir ayolga hujum qilib, pichoq bilan 20ga yaqin jarohat yetkazgani, ayol kasalxonada hayotdan ko‘z yumgani xabar qilingandi.

OAVning yozishicha, qotil qurbon bilan qo‘shni bo‘lgan va erkakning xatti-harakatlari tufayli o‘zaro mojarolar yuz bergan - u spirtli ichimliklar iste’mol qilib, ko‘pincha musiqani baland tovushda tinglagan. Umida Andreydan bir necha bor shovqinni pasaytirish haqida so‘ragan, ammo u bu iltimoslarga parvo ham qilmagan. Shundan so‘ng, o‘zbekistonlik ayol bu shaxsga politsiyaga ariza bilan murojaat qilishi haqida aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston TIV Tulada o‘zbekistonlik ayolning o‘ldirilishi yuzasidan izoh berdi