23:48 / 30.04.2019
3 127

Qing‘ir yo‘l bilan o‘qishga kirganlarni OTMdan chetlatish tartibi belgilandi

Qing‘ir yo‘l bilan o‘qishga kirganlarni OTMdan chetlatish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 27 aprel kuni qabul qilingan 360-sonli qarori bilan qing‘ir yo‘l bilan o‘qishga kirganlarni OTMdan chetlatish tartibi belgilandi.

«Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga qo‘shimcha kiritildi hamda talabani OTMdan chetlatishga asos bo‘ladigan holatlar ro‘yxati quyidagi band bilan to‘ldirildi:
«z) sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);»

Huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev telegramdagi kanalida qo‘shimcha qilishicha, talabani OTMdan chetlatish tartibiga yana bir kichik o‘zgarish kiritilgan, ya’ni endilikda talaba OTMning odob-axloq qoidalarini buzgan bo‘lsa ham, uni talabalikdan chetlatish mumkinligi belgilangan. Ilgari mazkur bandda faqat o‘quv intizomi va ichki tartib-qoidalari sanalardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qing‘ir yo‘l bilan o‘qishga kirganlarni OTMdan chetlatish tartibi belgilandi