18:16 / 01.05.2019
3 660

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidan Toshkentga qaytib keldi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidan Toshkentga qaytib keldi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha avval berilgan topshiriqlar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida 30 aprel kuni Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketgandi.

Prezident tashrif davomida Sariosiyo tumanidagi Sharg‘un ko‘mir konida, To‘polang GESida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qatnashdi.

Davlat rahbari matbuot xizmatiga ko‘ra, prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidan Toshkentga qaytib keldi