10:58 / 02.05.2019
4 526

May oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladilar?

May oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladilar?
O‘zbekistonliklarni may oyida qancha dam olish kunlari bo‘lishi qiziqtirmoqda.

Huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan dam olish kunlari ko‘chirilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berishga harakat qilgan.

May oyida dam olish kunlari bo‘yicha hech qanday o‘ziga xoslik yo‘q.
Haftasiga 5 kun ishlaydiganlar odatdagidek shanba-yakshanba kunlari, 6 kun ishlaydiganlar yakshanba kuni dam olishadi.

Faqat 9 may (payshanba) kuni butun O‘zbekiston uchun ishlanmaydigan bayram kuni bo‘ladi.
Xotira va qadrlash kuni bayrami arafasida 8 yoki 10 may boshqa kunga ko‘chirilmaydi. Odatdagidek, ish kuni bo‘ladi.

Demak, may oyida:
5 kunlik ish haftasidagi xodimlar jami 9 kun (4-5, 9, 11-12, 18-19, 25-26 may);
6 kunlik ish haftasidagi xodimlar jami 5 kun (5, 9, 12, 19, 26 may) dam olishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » May oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladilar?